Toshkentda erkak tanishini 70 ming dollarga chuv tushirdi

U tanishiga biznes qilib, katta daromad olishini aytgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Toshkent shahrida erkak biznes ochish bahonasida oʻzining tanishini 70 ming dollarga chuv tushirdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBBga fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga koʻra, mazkur fuqaroning tanishi unga moy ishlab chiqarish biznesini yoʻlga qoʻyishni, bu ishdan katta daromad olishini aytib, undan jami 70 ming dollari miqdorida pul olgan.

Biroq, u shu kungacha bergan vaʼdasini toʻliq bajarmasdan pullarini qaytarib bermaganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling