Andijonda ayol o'z uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi

U xolis mijozdan 600 ming so‘m olayotgan vaqtda qo‘lga olingan

Foto: Youtube

Foto: Youtube

U xolis mijozdan olingan kimyoviy ishlov berilgan 600 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida ayol fuqaro yashash xonadonida Izboskan va Andijon shahrida yashovchi ayollarni fohishalikda foydalanish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.

U xolis mijozdan olingan kimyoviy ishlov berilgan 600 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan. Pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan Andijon shahri ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling