Foto: Repost.uz
Qizlarni fohishalik qilish uchun Indoneziyaga yubormoqchi boʻlgan ikki nafar shaxs qamaldi. Bu haqda "O'zA" xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Ohangaron shahrida yashovchi 27 yoshli hamda Nurafshon shahrida istiqomt qiluvchi 29 yoshli shaxslar xorijda yashovchi fuqaro bilan kelishgan holda qizlarni fohishalik qilish uchun Indoneziyaga yuborishni reja qilgan.
Buni amalga oshirishi uchun chet elda yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ikki nafar qizni yollagan.
Qizlar uchun aviachiptalar hamda tegishli viza hujjatlari rasmiylashtirilib, elektron shaklda yuborilgan. Ularga xorijdagi faoliyatlari boʻyicha tushunchalar berilib, aeroportda foydalanishlari uchun qalbaki "PZR" test maʼlumotlari tayyorlangan.
Toshkent xalqaro aeroportida DXX va IIV xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda huquqbuzarlarning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyilgan.
Holat yuzasidan ikki nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi. Natijada, ular Jinoyat Kodeksining 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko'rish),135 (odam savdosi) va 228-moddalarida (hujjatlarni qalbakilashtirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling