Yakshanba kuni bo'lib o'tgan Chelsi va Tottenxem o'rtasidagi uchrashuv 2:2 xisobida yakunlandi. Jamoaning bir biridan qolishmaydigan murabbiylari esa butun futbol ishqizbozlarining yoqimli tomoshasiga aylanishdi.
Asosiy to‘qnashuv Antonio Konte va Tomas Tuxel o‘rtasida kechdi. Ular ikki marta, uchrashuv davomida va o‘yindan keyin janjallashib ketishdi.
Ularning birinchi to'qnashuvi Tottenxem xisobni tenglashtirganidan so'ng yuz berdi.
Chelsi ustozi Tuxel uchrashuvdagi hakamning qarorlaridan norozi ekanligini yashirib o'tirmadi va VAR tizimi ishlaydigan davrda bunday xatoni qabul qilish oson emasligini ta'kidladi.
Foto: twitter
Ularning janjali shu bilan to'xtab qolmadi. Chelsi har safar hisobda oldinga chiqib olganida va Tottenxem hisobni tenglashtirganida muxlislar "ajoyib" emotsional tomosha guvohiga aylanishdi. Albatta bunday ko'rinish mem yasovchilar e'tiboridan chetda qolmadi.
Foto: TrollFootball
Uchrashuvda har ikkala jamoa murabbiylari ham qizil kartochka oldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling