Foto: givemesport
A Seriya 4-turida “Monsa” ustidan qoʻlga kiritilgan yirik (3:0) gʻalabadan keyin “Roma” ustozi Joze Mourinyo oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Bu haqda "Football Italia" xabar berdi.
“Bugun Temmi Abraxam haqida gaplashmoqchiman. U bugun men soʻragan barcha ishni qildi. Bu mening Abraxamim. U haqida gapirishni xohlayman, chunki gol urmagan hujumchini hech kim maqtamaydi. Bugun Dibalaning kuni edi, ammo Abraxam ham juda yaxshi oʻynadi”, — deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib oʻtamiz, 24 yoshli ingliz joriy mavsum chempionatda 4 bahsda qatnashib, 1+1 natija koʻrsatib turibdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling