O'zbekistonda axborotni izlash va tarqatish haqida kodeks ishlab chiqildi

Kodeksda bir jinslilar oʻrtasidagi gʻayritabiiy aloqalarni taqiqlash, blogerlik faoliyatining tartibi haqida yangi qoidalar belgilab qoʻyilgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Oʻzbekiston Axborot kodeksi loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qoʻyildi.

Ushbu Kodeks Oʻzbekistonda axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish, axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan, shuningdek axborotning muhofaza qilinish kabi munosabatlarni tartibga soladi.

Mazkur kodeks 131 ta moddadan iborat. Kodeks yangi modda va tushunchalarni oʻz ichiga olgan. Masalan, unda blogerga tarif berilib, blogerlik faoliyati boʻyicha tartib qoidalar belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, kodeksda bir jinslilar oʻrtasidagi gʻayritabiiy aloqalarni targʻib qilishni taqiqlash haqida ham alohida qism mavjud. Muhokama 29-dekabrga qadar davom etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling