Toshkentda 17 yoshli yigitni poyezd urib yubordi

Bola olgan tan-jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Toshkentda qulogʻida quloqchin bilan temir yoʻlni kesib oʻtayotgan 17 yoshli oʻsmirni poyezd urib ketdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 20-dekabr kuni soat 17:38 da Toshkent mintaqasi transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Unga koʻra, shu kuni soat 17:37 da “Toshkent- Salar” bekatlarining oraligʻida mashinist boshqaruvida boʻlgan yoʻlovchi poyezdi 17 yoshli voyaga yetmagan shaxsni temir yoʻlning belgilanmagan joyidan qulogʻiga quloqchin taqib qoʻl telefonida musiqa tinglab oʻtib ketayotgan paytida urib yuborgan.

Xabarga koʻra, poyezd urishi natijasida 17 yoshli bola olgan tan-jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida voyaga yetmagan marhum Yashnobod tumanida onasi va buvisi bilan istiqomat qilib kelayotgani hamda har kuni Yashnobod tumanidan oʻtuvchi temir yoʻlning fuqarolar harakatlanishi uchun taqiqlangan kichik halqa yoʻliga yugurish uchun chiqishi aniqlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling