Tojikistonda voyaga yetmagan bolani kaltaklab o'ldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Ayol uning hamyonidan pul o'g'irlaganlikda gumon qilib, bolani kaltaklagan

Foto: Minikar.ru<br>

Foto: Minikar.ru

Tojikistonning Kushoniyon tumanida yashovchi Madinai Ahmad ismli ayol voyaga yetmagan bolani o'ldirganlikda ayblanib, 12 yilga qamaldi. Bu haqda Asia Plus xabar bermoqda.

Sud hukmiga ko'ra, Madinai Ahmad Respublika Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qasddan badanga og'ir shikast yetkazish) 3-qismi bilan aybdor deb topilgan va 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning 27-may kuni Boxtar shahrida ijaraga olingan xonadonda yashab kelgan 27 yoshli ayol ikkinchi sinf o'quvchisi Ziyodullo Roziqovni kaltaklagan.

Ma'lum qilinishicha, Ziyodullo ayolning bo'lajak turmush o'rtog'ining jiyani bo'lib, uning iltimosiga ko'ra, ayol vaqtincha bolaga qaragan.

Qayd etilishicha, so'roq vaqtida Madina bola uning hamyonidan 200 somoni (214 ming so'm)  pul o'g'irlab ketganlikda gumonlanib, uni erkaklar kamari bilan urganini tan aytgan.

Kaltaklar natijasida bolani ahvoli og'irlashgan. Ayol tez yordam chaqirgan, ammo Ziyodullo kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda yo'lda vafot etgan.

Ma'lumotlatga ko'ra, Boxtar davlat universiteti bitiruvchisi Madinai Ahmad hibsga olingunga qadar Ziyodullo Roziqov o'qigan maktabda direktor o'rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling