Foto: yandex
Surxondaryoda bir ayol 3-sinf bolani kasal holida maktab hovlisiga tashlab ketgan. Natijada, bola vafot etgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, 2022-yil 27-sentyabr kuni soat 17:25 larda Denov tumani Buyuk ipak yoʻli mahallasida yashovchi ayol oʻziga oldindan tanish boʻlgan, 9 yoshli voyaga yetmagan bolani Sariosiyo tumaniga olib borib, keyin uyiga qaytib kelgan vaqtida bolaning sogʻligi yomonlashib qolgan.
Biroq, ayol buni bila turib, bolaning hayoti xavf ostida qolganligi va oʻzini-oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlganligini anglagan holda unga yordam koʻrsatmasdan, shu mahallada joylashgan 15-maktabning hovlisiga olib borib tashlab ketgan.
Oqibatda, voyaga yetmagan bola maktab hovlisida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan JKning 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari tuman IIB TB tomonidan olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling