O'zbekistonlik bir yoshli qizaloq o'yinchoq batareyasini yutib yuborishi oqibatida vafot etdi

Bolada operatsiya oʻtkazilib, uning ichaklaridan batareya chiqarilgan. Ammo, hayoti saqlanib qolinmagan

Foto: Nypost

Foto: Nypost

25-dekabr kuni Sankt-Peterburgda Oʻzbekiston fuqarolarining bir yoshli qizi oʻyinchoqning dumaloq batareyasini yutib yuborib, vafot etdi. Rossiya Tergov qoʻmitasi xabariga koʻra, holat yuzasidan a tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Bola tibbiy muassasada boʻlganida operatsiya oʻtkazilib, uning ichaklaridan batareya chiqarilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, qiz uch oy oldin batareyani yutib yuborgan.

“Voqeaning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan kompleks tergov harakatlari olib borilmoqda, qizning oʻlimi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tekshiruvda protsessual qaror qabul qilinadi”, - deyiladi Rossiya Tergov qoʻmitasi xabarida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling