Foto: Kazlenta
Qirg‘izistonning Nookat tumani deputati Jusupbek Korgonbay oʻgʻli 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga telefondan foydalanishni taqiqlashni taklif qildi.
Maʼlum qilinishicha, 9-sentyabr kuni deputat "Ata-Jurt Qirgʻiziston" fraksiyasi yigʻilishida bu haqda gapirib, 14 yoshdan boshlab bola qobiliyatli hisoblanishini aytgan.
"Telefonda yoʻq narsaning oʻzi yoʻq, siz jamiyatni tarbiyalashni oʻylashingiz kerak. Hozirda texnologiyalar rivojlangan, agar bolani yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqasangiz uni chiplashingiz mumkin", – deydi deputat.
Bundan tashqari, deputat og‘ir jinoyatlar sodir etgan jinoyatchilarga nisbatan o‘lim jazosi joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan.
"Ularni davlat hisobidan boqishning keragi yoʻq, agar ular bir umrga qamalgan boʻlsa, jamiyatni bunday odamlardan tozalash kerak", – deya taʼkidlagan u.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling