Harbiy xarakatlar boshlanganidan beri Ukrainada 5,4 ming aholi halok bo'ldi

Qurbonlarning aksariyati keng ko'lamli portlovchi moddalar sababli halok bo'lgan

Foto: BBC<br>

Foto: BBC

Rossiyaning Ukrainaga harbiy xarakatlari boshlanganidan beri 5401 nafar tinch aholi halok bo'ldi, 7566 nafari yaralandi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, halok bo'lganlar orasida 2081 nafar erkak, 1420 nafar ayol, 147 nafar qiz va 169 nafar o'g'il bola, shuningdek, jinsi aniqlanib bo'lmaydigan 39 nafar bola hamda 1545 nafar kattalar bor.

Qurbonlarning aksariyati keng maydon ta'siriga ega bo'lgan portlovchi qurollarni qo'llash, jumladan, og'ir artilleriyadan o'q otish, ko'plab raketa tizimlari, raketalar va havo zarbalari tufayli halok bo'lgan.

Ta'kidlanishicha, Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida BMT 3207 kishi halok bo‘lganini qayd etdi. Shu bilan birga, Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududlarda 2938 nafar qurbon, Donesk va Lugansk respublikalari nazoratidagi hududlarda esa 269 nafar qurbon qayd etilgan. Ukrainaning boshqa hududlarida esa 2194 kishi halok bo‘lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling