Rossiyadagi ayrim bog'chalarda askarlar bolalarga qurol ishlatish bo'yicha dars o'tdi

Bolalar ota-onalari bu mashg'ulotlar bo'yicha ogohlantirish olmaganini ta'kidlagan

Foto: Mirror

Foto: Mirror

Rossiyadagi ayrim maktabgacha taʼlim muassasalarida askarlar bolalarga qurol ishlatish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtdi. Bu haqda "Mirror" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "Jangovar birdamlik" harakati zobiti Pavel Firsov Moskva yaqinidagi 31-sonli maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilarining toʻrt besh yoshdnan iborat guruh bolalariga Kalashnikov avtomati, pulemyotlar va tankga qarshi granatalardan foydalanishni oʻrgatgan.

Foto: Mirror

Foto: Mirror

Maʼlumotlarga koʻra, Pavel Firsov odatda katta yoshdagi bolalarga muntazam ravishda harbiy saboq berib kelgan.

Mazkur holatdan soʻng, bolalarning ota-onalari bu mashgʻulot boʻyicha ularga ogohlantirish berilmaganini, shuningdek oʻsha kuni farzandlari bogʻchaga borolmagani ularning baxti ekanliklarini taʼkidlagan.

Foto: Mirror

Foto: Mirror

Shu bilan birga ayrim ota-onalar bu haqda prokuraturaga xabar berish kerak degan fikrlarni bildirgan.

Foto: Mirror<br>

Foto: Mirror

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling