O'zbekistonda farzand asrab oluvchilarning ruxsat etilgan yoshini oshirish taklif qilinmoqda

Farzand asrab olish istagidagi oilalar farzand asrab olgungacha turmush o'rtog'i bilan kamida ikki yil nikohda yashagan bo'lishi kerak

Foto: Freepik

Foto: Freepik

O‘zbekistonda farzand asrab olmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun yangi yosh mezonini joriy etish taklif etildi. Bu tashabbus Xotin-qizlar va oila ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ko‘tarilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda farzand asrab olishni istovchi ota-onalar voyaga yetgan bo'lishi kerak. Taklif etilayotgan o'zgartirishga ko'ra, farzand asrab olish uchun turmush o'rtog'i bilan kamida ikki yil nikohda yashashi kerak. Shuningdek, farzand asrab olish istagidagi fuqarolar 25 yoshda yoki undan katta bo'lishi kerak.

Ma'lum qilinishicha, bu asrab olingan bolalarni himoya qilishni kuchaytirish maqsadida joriy etilishi mumkin. Qonun loyihasi mualliflari AQSh, Xitoy, Germaniya va boshqa bir qator davlatlardagi xalqaro tajribaga tayangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling