Foto: Videodan lavha
Avvalroq, Samarqand viloyati Urgut tumani Jartepa qishlogʻida istiqomat qiluvchi ayol farzandini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Viloyat IIB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Qayd etilishiqcha, ayol Rossiya Federatsiyasida ishlash maqsadida ketgan turmush oʻrtogʻi bilan telefon orqali muloqot qilish jarayonida, oʻrtalarida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Mazkur kelishmovchilik natijasida ayol turmush oʻrtogʻiga jahl qilib, oʻzining voyaga yetmagan farzandini urib, holatni telefon apparatida videotasvirga olib, videoni turmush oʻrtogʻiga yuborib, voyaga yetmagan farzandlarini oʻldirish bilan qoʻrqitgan.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksiningning 110-moddasi (qiynash) 2-qismi va 112-moddasi (oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Xabarga koʻra, videotasvirda kaltaklangani aks etgan bolakayning ahvoli yaxshi boʻlib, shifokorlar kuzatuvida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling