Qashqadaryoda nazoratsiz qoldirilgan uch yoshli bolani poyezd urib ketdi — video

Bola olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan

Ijtimoiy tarmoqlarda uch yoshli bolani "Afrosiyob" tezyurar poyezdi urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma'lum bo'lishicha, voqea 9-sentyabr kuni soat tahminan 15:33 lar atrofida Koson tumani Kamandi qishlog'ida Qarshi—Maroqand temir yo‘l yo‘nalishida qatnovchi "Afrosiyob" yuqori tezyurar elektropoyezdi bilan sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, nazoratsiz qoldirilgan bola bog'cha hududidan chiqib, yaqin oradagi temir yo'lga borib qolgan. Bola poyezd yo'liga chiqib ketayotgan vaqtda "Afrosiyob" yuqori tezyurar elektropoyezdi uni urib ketgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, bola olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi", — deyiladi viloyat XTB munosabatida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling