Moskvada o‘zbekistonlik ayol besh yoshli qizaloqni onasining ko‘z o‘ngida o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi — video

Qizning onasi o'g'irlikni sezib, bolasini qutqarib qolgan

Videodan Kadr

Videodan Kadr

19-avgust kuni Moskva shahrining Golyanovo tumanidagi hovlilaridan birida o‘zbekistonlik ayol besh yashar qizni o'g'irlamoqchi bo'ldi. Bu haqda LifeRu xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, o'zbekistonlik fuqaro Moskvada besh yoshli qizni bolalar maydonchasidan o‘g‘irlab ketishga harakat qilgan. Onasi buni sezib qolib qizini qutqarib qolgan va politsiyaga xabar bergan.

O'z qizini qutqargan onaga o'g'irlamoqchi bo'lgan muhojirning bir nechta qarindoshlari kelib "bu bizning bolamiz", deb bosim qilishgan.

Voqea joyiga politsiya yetib kelgan va barchani bo'limga olib ketgan. 

Biroq, jabrlanuvchining aytishicha barcha muhojirlar qo'yib yuborilgan va ularga nisbatan hech qanday jazo qo'llanilmagan.

Hozirda tergov ishi qayta ko'rib chiqilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling