O'zbekistonda 15 mingga yaqin nur bilan davolanishga muhtoj onkologik bemorlar mavjudligi aytildi

Samarqand, Fargʻona va Xorazmda, xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etiladi

Foto: Telegram

Foto: Telegram

O'zbekistonda 2023-yilda oilaviy poliklinika va ekspress laboratoriyalar to'liq yangilanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasida maʼlum qildi.

“Kelasi ikki yilda har bir oilaviy poliklinika va shifokor punktiga eng kerakli uskuna va jihozlar yetkazib beriladi, ekspress laboratoriyalar toʻliq yangilanadi.

Keyingi yili qoʻshimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalari, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi.

Barcha tugʻruq komplekslari toʻliq taʼmirlanadi va jihozlanadi, oʻrinlar soni 35 foizga koʻpaytiriladi”, — Prezident.

“Mamlakatimizda 15 mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj.

Shu bois, kelasi yilda Samarqand, Fargʻona va Xorazmda, xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalarini boshlaymiz”, — Mirziyoyev.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling