Foto: BBC.com
Afg'oniston poytaxti Qobulda "Tolibon" bilan yaqin aloqada bo‘lgan va ayollarning ta’lim olishini qo'llab-quvvatlovchi fatvo chiqargan taniqli afg'on ulamosi Shayx Rahimulloh Haqqoniy portlashda halok bo'ldi. Bu haqda "BBC" nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Haqqoniy islom diniy seminariyasi devorlari ichida o‘ldirilgan.
"Tolibon" vakillarining jurnalistlarga aytishicha, portlash protez oyoqqa bomba o'rnatib, shayxning idorasiga kirgan shaxs tomonidan sodir etilgan.
Afg'onistonda faoliyat yuritayotgan "Xuroson viloyati Islom davlati" jihodchi yarim harbiylashgan guruhini keskin tanqid qilgan.
"Bu Afg'oniston Islom Amirligi uchun katta yo'qotish", deydi Tolibonning yuqori martabali mulozimi.
Shuningdek, rasmiylar aybdorni aniqlash uchun tergov ishini boshlaganini qo'shimcha qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Shayx Haqqoniyni o'ldirish uchun allaqachon ikki marta suiqasd uyushtirilgan. So‘nggisi 2020-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda Pokistonning Peshovar shahridagi diniy maktabda yuz bergan portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan. Bu harakatni sodir etishda "IShID" ayblangan.
Joriy yilning may oyida BBC bilan suhbatda Haqqoniy afg'on ayollari va qizlari ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak ekanligini ta'kidlagan.
"Shariatda ayollarning ta'lim olishini taqiqlash uchun hech qanday asos yo'q", — degan edi u.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Tolibon mamlakatning deyarli barcha viloyatlarida qizlar o‘rta maktablarini yopishga buyruq bergan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling