Ukraina Rossiyaning Belgorod shahrini o'qqa tutdi — video

Maktab binosiga raketa parchalari kelib tushgan

Foto: Mash

Foto: Mash

Ukraina qurolli kuchlari Belgorod shahrini o'qqa tutdi. Bu haqda Belgorod viloyati gubernatori xabar qildi.

“Gubkin koʻchasidagi turar-joy binosida vayronagarchilik kuzatilmoqda. Qurbonlar haqida maʼlumotlar aniqlanmoqda. Shahar meri Anton Ivanov va barcha tezkor xizmatlar voqea joyida”, — dedi Gladkov.

Ma'lum bo'lishicha, raketa qoldiqlari maktab hududiga va koʻp qavatli turar-joy binosiga kelib tushgan. Halok bo'lganlar va jarohat olganlar haqida ma'lumot yo'q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling