Rossiyalik mashhur reper Timati sog'ligi sababli harbiy xizmatga bormasligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Tibbiy kengashning ma'lum qilishicha, uning ko'p sonli tatuirovkalari sababli shu qarorga kelingan.
Ma'lum bo'lishicha, u tibbiy ko'rikdan o'tishi va psixiatrga tashrif buyurishi kerak.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, agar chaqiriluvchining tanasi 50% va undan ko'proq tatuirovka bilan qoplangan bo'lsa, u ruhiy jihatdan aqldan ozgan hisoblanadi.
"Men har doim armiya hayotimda ortiqcha deb hisoblaganman. Tibbiyot kengashining bu qarorini bilib, uyga hursand bo'lib keldim. Onam menga shu tatuirovkalar hech bo'lmasa bir marta yordam berganini aytdi", — deydi qo'shiqchi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling