Foto: РИА Новости
Rossiyaning Xabarovsk shahrida joylashgan ofis binosida portlash sodir boʻldi. Hodisa natijasida ikki kishi halok boʻlgan. Bu haqda "РЕН ТВ" xabar bermoqda.
Unga koʻra, hodisa Pavlovich koʻchasidagi binolardan birida sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, ofisda granata portlagan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari hodisa sabablarini oʻrganishga kirishgan.
Avvalroq, Moskva yaqinidagi Sergiyev Posad shahridagi garajda sodir boʻlgan portlash oqibatida uch kishi halok boʻlgan edi. Keyinchalik postlash joyi yaqinidagi garajlardan birida RGD-5 granatasi topilgani maʼlum qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling