Toshkentdagi xususiy bog‘chada 3 yoshli bolaning yuzi kuydi

 Qarovsiz bola ayollarni ko‘zga surtuvchi bo‘yog‘ini o‘ynab, yuz qismiga surtgan

Foto: Toshkent shahar IIB

Foto: Toshkent shahar IIB

Tarmoqlarda maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisining yuz qismida “qizarib kuyish” alomatlari mavjudligi bo‘yicha xabar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lum bo'lishicha, 10-avgust kuni Chilonzor tumani IIO FMB navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi 3 yoshli tarbiyalanuvchisi qarovsiz qolgan vaqtida ayollar sumkasida bo‘lgan ayollarni ko‘zga surtuvchi bo‘yog‘ini o‘ynab, yuz qismiga surtgan. 

Bu holatni ushbu tashkilotda tarbiyachisi ko‘rib qolib, bola yuzini tozalash maqsadida, “tibbiy vositalar”dan surtgan. Natijada, voyaga yetmagan bola yuz qismi qizarib, kuyish alomatlari mavjudligi sababli tibbiyot muassasasiga murojaat qilingan. 

Bolaning olgan tan jarohatini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Hozirgi kunda Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling