Turkiya 2023- yildan boshlab turistlardan turar joy soligʻini undirishni boshlaydi

Mehmonxonalar, kurort qishloqlari, butik mehmonxonalar va boshqa joylarda qolganlar tomonidan to'lanadi

Foto: mk-turkey.ru

Foto: mk-turkey.ru

2023-yil 1-yanvardan Turkiya turistlardan turar joy uchun soliq undirishni boshlaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, gap mehmonxonalar, kurort qishloqlari, butik mehmonxonalar, motellar, pansionatlar, qishloqlar, togʻli uylar va lagerlarda qoladiganlar haqida bormoqda.

“Maʼlum qilinishicha, ushbu stavka ikki foizni tashkil etadi. Mehmonxonalar, dam olish maskanlari va oromgohlar ham soliqqa tortiladi, turar joy binolari bundan mustasno", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, talabalar turar joylari, yotoqxonalar va lagerlarda joylashtirish xizmatlari bundan mustasno.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya 2019-yilda turistik turar joy soligʻini joriy etishga qaror qilgan edi. Ushbu qonunning kuchga kirishi koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling