Videodan lavha
Ijtimoiy tamoqlarda rais nogironligi bor shaxsni orqasidan tepib yiqitgan mahalla raisi ishdan bo'shatildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Tuman hokimligi videodagi shaxs Armugʻon mahallasi raisi Aʼzam Qodirov ekanini tasdiqladi.
Ma'lum qilinishicha, 28-noyabr kuni mahalla guzarida yigʻilish boʻlib oʻtgan. Unda tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvatlash boʻlimi boshligʻi hamda uning maslahatchisi ishtirok etgan.
Yigʻilishda mahalla raisi “oʻz lavozimiga nomunosib xatti-harakatlari” uchun lavozimidan ozod etilgan.
Toshkent shahar IIBB maʼlum qilishicha, voqea 27-noyabr kuni taxminan soat 12.30 larda roʻy bergan: 59 yoshli Aʼzam Qodirov jamoat joyida 49 yoshli fuqaroni oʻzaro ogʻzaki mojaro sababli bir marta orqasidan tepgan.
Holat yuzasidan MJtKning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan tegishli taʼsir choralari koʻrilishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling