"Real Madrid" futbolchisi olgan jarohati tufayli boshiga 20 ta chok tushdi

Ryudigar so'nggi soniyalarda hisobni tenglashtirib "Real Madrid"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Germaniyalik himoyachi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turida Ukrainaning “Shaxtyor”iga qarshi bahsning 95-daqiqasida boshi bilan darvozani ishgʻol qildi va hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, Madrid klubi nimchorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Biroq buning badali ogʻir boʻldi. Ryudiger boshi bilan zarba bergandan soʻng toʻp yoʻliga otilib chiqqan raqib darvozaboni Trubin bilan jiddiy toʻqnashib ketdi.

Natijada ikki futbolchi ham zarar koʻrdi. Ryudigerning boshidan koʻp qon oqdi. Keyinroq ochiqlanishicha, futbolchining boshiga ushbu jarohat tufayli 20 ta chok tushgan.

“Qirollik klubi” 4 tur ortda qolganida 10 ochko bilan “F” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin taʼqibchisi “Leypsig”dan 4 ochko koʻproq jamgʻargan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling