FIFA Qatarda bo'lib o'tadigan 2022-yilgi jahon chempionati boshlanish muddatini ko'chirishni taklif qildi

Agar ochilish mudati o'zgarsa, Qatar va Ekvador o'rtasidagi o'yin 20-noyabr kuni bo'lib o'tadi

Foto: olympics.com

Foto: olympics.com

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanish sanasini boshqa muddatga ko‘chirishni taklif qildi. Bu haqda Argentinaning Ole gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2006-yil Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionatidan beri barcha ochilish o'yinlari musobaqa mezbon davlati ishtirokida o'tkazilgan. Ammo Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati taqvimiga ko‘ra, maydon egalari uchinchi o‘yinda maydonga tushadilar.

Hozirda FIFA turnir boshlanishini 21-noyabrdan 20-noyabrga koʻchirish uchun taqvimga oʻzgartirish kiritishni muhokama qilmoqda. 21-noyabr kuni to'rtta o'yin bo'lib o'tadi: Senegal - Gollandiya, Angliya - Eron, Qatar - Ekvador va AQSh - Uels. Agar start qoldirilsa, Qatar va Ekvador o'rtasidagi o'yin 20-noyabr yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Kechiktirish to'g'risidagi qaror FIFA Kengashi Byurosi tomonidan ovoz berishdan so'ng qabul qilinadi.

JCh-2022 final bosqichi 21-noyabrdan 18-dekabrga qadar Qatarning beshta shahridagi sakkizta stadionda bo'lib o'tishi belgilangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling