Foto: Repost.uz
Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Prezident maslahatchisi oʻrinbosarlari oʻz lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qaxramon Quranbayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Qahraman Sariyev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelayotgan edi.
Bundan tashqari, Umar Ismailov Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shu bilan birga, Ulugʻbek Muxammadiyev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling