Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov ishdan olindi

U 2019-yilning may oyida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

Prezidentining tegishli farmonlari bilan Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan olindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Toʻra Bobolov 2019-yilning may oyida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Toʻra Bobolov 2020-yil yanvar oyida rasman viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling