Qo'pol prank uyushtirib kelayotgan blogerlar qamaldi

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga asosan blogerlar 15 sutkaga qamalgan

Videodan kadr

Videodan kadr

Prankerlar Jasur Shodiev va Xumoyun Muxomodjonovlar maʼmuriy modda bilan jazolanib, 15 sutkaga qamaldi.

Aytilishicha, bloggerlar jamoat joylarida odamlarni haqorat qilishgan, ularni omma oldida kamsitishgan va hodisani videoga olishgan.

"O'z vloglarini yuritayotgan va video kontent yaratayotgan boshqa bloggerlardan jamoat tartibini buzmasliklarini iltimos qilaman. Tasavvur qiling, agar prank paytida yuragi zaif keksa ayol duch kelib qolsa, bu uning o'limiga olib kelishi mumkin. Agar yaqin atrofda bolalar bo‘lsa, ularga qanday o‘rnak ko‘rsatyapsiz?”, - deydi Toshkent shahar IIB matbuot kotibi Nilufar Isoxonova.

28-sentabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi va unda ayblanuvchi ochiqchasiga kechirim so‘ragan.

Tadbirda jabrlanuvchining onasi ham ishtirok etgan. Videodan ma'lum bo'lishicha, uning bolasiga mayonez surtib, omma oldida tepishgan. Ayol blogerlarni sharmandali xatti-harakatlari uchun tanqid qilgan va ular omma oldida kechirim so‘ramaguncha ularni kechirmasligini ta'kidlagan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani sudining qarori bilan blogerlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 183-moddasi (Kichik bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) boʻyicha bayonnoma tuzilgan. O'zbekistonning Ma'muriy javobgarlik kodeksiga asosan blogerlar 15 sutkaga hibsga olingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling