Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida Nexia-2 yoʻl chetidagi maktab oʻquvchilarini urib yuborgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan IIB YHXX maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 23-noyabr kuni soat taxminan 16:33 lar atrofida Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumani hududidan oʻtuvchi 4R-76 avtomobil yoʻli yuzasida joylashgan 15-sonli maktab yaqinida sodir boʻlgan.
Unga koʻra, 23 yoshli haydovchi Nexia mashinasida belgilangan tezlikdan oshib harakatlanib kelayotgan vaqtda piyodalar oʻtish joyidan velosipedni yetaklab oʻtayotgan fuqaroning velosipedini urib yuborgan. Shundan soʻng, haydovchi boshqaruvni yoʻqotib piyodalar yoʻlakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan va mashina agʻdarilib ketgan.
Sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 9 yoshli bola tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorakoʻl tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling