Farg'onada IIB xodimi mashinasi bilan sodir bo'lgan YTH oqibatida besh kishi jarohatlandi

IIB xodimi yoʻlning nosoz qismida texnik shikastlanishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotgan

Foto: Farg'ona viloyati IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Farg'ona viloyati IIB matbuot xizmati

Fargʻona viloyatida IIB xodimi mashinasi va “Damas” mashinalari oʻzaro toʻqnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 28-noyabr kuni soat 09:30 larda Fargʻona viloyati Rishton tumanida sodir boʻlgan. Unga koʻra, Boʻston qishlogʻi hududi boʻylab harakatlanib ketayotgan tuman IIB xodimi boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina yoʻlning nosoz qismida texnik shikastlanishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotgan.

Natijada yoʻlning qarama-qarshi tomoniga oʻtib ketgan va shu yoʻldan harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib ketgan. Transport vositalarining xaydovchilari xushyor holatda boʻlishgan.

Sodir etilgan yoʻl transport hodisasi oqibatida “Spark” avtomobil haydovchisi, “Damas” avtomobili haydovchisi hamda uning 3 nafar yoʻlovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling