O'zbekistonda qayerdan eng arzon narxlarga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish mumkin?

Davlat statistika qoʻmitasi hududlar bo'yicha bozorlaridagi narxlarni o'rgandi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bo'yicha monitoring oʻtkazildi.

30-noyabr holatiga ko'ra, O'zbekiston bozorlaridagi narxlar quyidagicha:

Suyakli mol go‘shti – Toshkent shahridagi “Saxovat” bozorida minimal narx – 48 ming so‘m, eng yuqori narx – Urganch shahridagi “Urganch markaziy dehqon bozori", Toshkent shahridagi “Farhod dehqon bozori" va Yangiyo‘l shahridagi "Yangiyo‘l shahar dehqon bozori"da – 78 ming so‘m;

Qo‘y go‘shti – Toshkent shahridagi “Farhod dehqon bozori”da minimal narxi 55 ming so‘m, maksimal narxi 91 ming so‘m;

Kartoshka – Navoiy shahridagi “Saxovat”, Jizzax shahridagi “Jizzax markaziy dehqon bozori” va Toshkent shahridagi “Farhod dehqon bozori"da eng kam narxi 3 ming so‘m, “Qo‘yliq dehqon bozori”da eng yuqori narx – 6 ming so‘m.

Piyoz – Toshkent shahridagi “Eski juva dehqon bozori” va Samaraqand shahridagi “Siyob dehqon bozori”da minimal narx – 2,5 ming so‘m, Andijon shahridagi “Yangi bozor dehqon bozori”da eng yuqori narx – 6 ming so‘m.

Sabzi – Urganch shahridagi “Urganch markaziy dehqon bozori”da minimal narx – 1,5 ming so‘m, maksimal narx – Toshkent shahridagi “Farhod dehqon bozori”da – 5,5 ming so‘m;

O‘n dona tuxum – Samarakand shahridagi “Siyob dehqon bozori”, Toshkent shahridagi “Eski juva dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da minimal narx – 10 ming so‘m, “Farhod dehqon bozori"da maksimal narx – 17 ming so‘m. 

Gurunch – Nukus shahridagi “Nukus dehqon bozori”, Qarshi shahridagi “Qarshi dehqon bozori”, Namangan shahridagi “Namangan Chorsu dehqon universal bozori", Toshkent shahridagi “Eski juva dehqon bozori"da eng kam narxi 6 ming so‘m, eng yuqori narxi – 26 ming so‘m.

Bir litr o‘simlik yog‘i – minimal narxi Namangan shahridagi “Namangan Chorsu dehqon universal bozori”da 16,5 ming so‘m. Maksimal narxi Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 30 ming so‘m;

Shakar – Navoiy shahridagi “Saxovat” bozorida minimal narx – 11 ming so‘m, Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori”da eng yuqori narx – 17 ming so‘m.

Bunda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat narxlari ham hisobga olindi. Supermarket va do‘konlardagi narxlar monitoringga kiritilmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar