Repost.uz nashri Toshkentdagi mahalliy mashinalar narxi haqida ma'lumot olish uchun Sergeli avtomobil bozoriga bordi.
Chevrolet Spark
2017-18 yillarda ishlab chiqarilgan, 110 ming kilometr yurgan, mexanik uzatmali model 6 900 dollardan boshlanib, 7 900 dollargacha sotilmoqda. Sergeli avtomobil bozorida xuddi shunday ko‘rsatkichga ega avtomatik uzatmali "Spark" 8 000 dollardan 10 200 dollargacha sotilmoqda.
Mexanika - 7 400 dollar (narxlar o'zgarmagan)
Avtomat- 9 100 dollar (200 dollarga oshgan).
Chevrolet Nexia-3
2017-18-yillarda ishlab chiqarilgan, 90 ming kilometr masofa bosgan, mexanik uzatmali "Nexia-3"ni avtomobil bozorida 7 300 dollardan 8 700 dollargacha topish mumkin. Avtomatik uzatmali turining narxi 8 500 dollardan boshlanib, 10 500 dollargacha yetgan.
Mexanik - 8 000 dollar (100 dollarga oshgan)
Avtomat- 9 500 dollar (350 dollarga oshgan).
Chevrolet Cobalt
Bozorda 2018-19-yillarda chiqarilgan, mexanik uzatmali, 90 ming kilometr yo'l bosgan avtomobil 7 500 dollardan 8 500 dollargacha sotilmoqda. Avtomat turiga kiruvchilari 8 600 dollardan 11 400 dollargacha turadi.
Mexanik - 8 000 dollar (100 dollargacha oshgan)
Avtomatik - 10 000 dollar (200 dollargacha oshgan).
Chevrolet Gentra
Mexanik uzatmali, 75 ming kilometr yurgan, 2018-20-yillarda ishlab chiqarilgan "Gentra"ning narxi 8 500 dan 10 000 dollargachani tashkil qiladi. Avtomatik uzatmali model uchun ular 9 500 dan 12 500 dollargacha so'rashmoqda.
Mexanik - 9 250 dollar (300 dollarga oshgan)
Avtomat - 11 000 dollar (100 dollarga oshgan).
Chevrolet Damas
Bozorda yurgan masofasi 70 ming kilometrdan oshmaydigan, 2018-20-yillarda chiqarilgan "Damas" avtomobili 6 700 dollardan 7 800 dollargacha sotilmoqda.
O'rtacha narx - 7 250 dollar (narx o'zgarmagan).
Chevrolet Matiz
2013-14-yillarda ishlab chiqarilgan, 350 ming kilometrgacha yurgan "Matiz" narxi 3 000 dollardan 3 500 dollargacha turadi.
O'rtacha narx - 3 250 dollar (100 dollarga ko'tarilgan).
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling