Toshkentning Yunusobod tumanidagi Yuqori Bo‘zsuv kanalida cho‘kib ketgan fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda poytaxt FVBB xabar berdi.
21-iyul kuni soat 14:07 da Yuqori Bo‘zsuv ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalda bir nafar fuqaro cho‘milish uchun suvga tushib, ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga g‘avvos-qutqaruvchilar va boshqa mas‘ul xizmatlar jalb etilib, qidiruv ishlari boshlangan.
Qidiruv ishlari davomida fuqaroning jasadi soat 18:35 da cho‘kkan joyidan taxminan 100 metr uzoqlikdan topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.