22-iyul kuni Toshkent shahrining ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
- Ushbu hududlar: Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oltintepa” MFY – soat 10:00 dan 17-00 gacha.
Yunusobod tumani 10-mavzeda joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 19:00 gacha quyidagi hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Aholi isteʼmolchilari:
- Yunusobod 6–19-dahalaridagi ko‘p qavatli uylar;
- “Kulolqo‘rg‘on”, “Yo‘lariq”, “Turkiston”, “Bobodehqon” MFYlaridagi ko‘p qavatli uylar hamda yerli xonadonlar;
- Moyqo‘rg‘on va Binkat ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar hamda yerli xonadonlar.
Ulgurji isteʼmolchilar:
- Mazkur hududlardagi yirik isteʼmolchilar hamda kichik va o‘rta biznes korxonalari.
Shuningdek, tumanning quyidagi hududlaridagi isteʼmolchilar gaz bosimida pasayish kuzatilishi mumkin:
“Otchopar-1”, “Otchopar-2”, “Yunusobod”, “Posira”, “Hiyobontepa”, “Bodomzor”, “Shivli”, “Firdavsiy”, “Yangitarnov”, “M.Ulug‘bek”, “Buyuk Turon”, “Bo‘zsuv”, “Iftixor”, “Jomiy”, “To‘raqo‘rg‘on”, “Yangiariq”, “Usta Shirin”, “Minor” va “Matonat” MFYlari.
Taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.