Foto: Teslarati
Ilon Mask Twitter bosh direktori lavozimiga o‘rinbosar topgach, iste’foga chiqadi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ilon Mask Twitter foydalanuvchilarining ko‘pchiligi uning bosh direktor lavozimidan ketishi uchun ovoz berganidan keyin o‘z sahifasida post qoldirdi.
“Men bu ishga rozi bo‘ladigan ahmoqni topsamgina, keyin bosh direktor lavozimini tark etaman. Shundan so'ng men faqat kod va serverlar bilan shug'ullanaman", - deb yozdi Mask.
19-dekabr kuni Mask o'z akkauntida bosh direktor lavozimidan ketishi kerakmi, degan so'rovnoma o'tkazdi. Mask "so'rov natijalariga amal qilishga" va'da berdi.
So‘rovnomada qatnashgan foydalanuvchilarining 57 foizdan ortig‘i Ilon Maskning ketishi uchun ovoz bergandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling