Toshkentda o'zlarini IIB xodimlari deb tanishtirib, bosqinchilik qilgan shaxslar ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

Oʻzlarini IIB xodimlari deb tanishtirgan jinoyatchilar ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Toshkent shahrida ikki nomaʼlum shaxs oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirgan. Ular 17-noyabr kuni soat 19:00 larda Yashnobod tumani hududidan oʻtuvchi Kichik halqa yoʻli yoqasida 26 yoshli fuqaroning oldiga kelib, unga oʻzlarini IIB xodimi deb tanishtirishgan.

Fuqaroni noqonuniy valyuta ayirboshlashda ayblab, Yunusobod tumani IIO FMBga olib borishlarini aytishgan. Uni “NEXIA-3” avtomashinasiga oʻtqazib, Yashnobod tumani Choʻlpon mahallasi hududiga olib borishgan. Yetib borgandan so'ng, unga pichoq bilan tahdid qilishgan. 

Shuningdek, yuz va bosh qismlariga urib tan jarohat yetkazishgan va 1,1 mln soʻm pulini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 30 va 35 yoshli shaxslar sodir etilganligi aniqlangan. Hodisa sodir boʻlgan joy hamda fuqaroning boshqaruvida boʻlgan “NEXIA-3”mashinasining yukxonasidan oshxona pichogʻi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, bosqinchilik sodir etgan shaxslarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling