Foto: Norma.uz
O‘zbekiston hukumati "Oqila ayollar" harakatini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildi. Bu haqda "Norma" xabar bermoqda.
Ushbu harakatning asosiy vazifalari:
- jamiyatda yangi ma'naviy makon yaratish, ezgu g'oyalar, milliy fazilatlar, urf-odatlar, muqaddas an'analarni singdirishga qaratilgan tizimli targ'ibot tadbirlarini amalga oshirish;
- xotin-qizlarda, ayniqsa, yosh qizlarda oila va Vatanga sadoqat tuyg'usini tarbiyalash, "odobli qiz" va "ma'rifatli ona" qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o'zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni shakllantirish, "Oila muqaddas" tushunchasini yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish.
Harakat qo'mitasi 50 kishidan iborat bo'lib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar masalalari qo'mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar masalalari boshqarmalarida 35-40 kishidan, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limlarida 30 kishidan iborat guruhlar tashkil etiladi. Har bir mahallada - 15 kishidan iborat guruhlar tuziladi.
Ushbu tashkil etilayotgan harakat faol va tashabbuskor ayollar birlashtiradi.
Nizomda Harakatning yarim yillik ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi ham belgilab berilgan.
Ma'lumot o'rnida, mart oyida O'zbekistonning barcha mehnat jamoalarida, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, xotin-qizlar kengashlarida xotin-qizlar muammolarini tinglab, ularni hal etishda korxona rahbarlari, respublika va mahalliy komissiyalarni jalb qiladigan tashkilot e'lon qilingan edi.
Mamlakatda 2025-yilga kelib tadbirkorlar ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga oshirish maqsadida "Ishbilarmon ayollar" dasturini qabul qilish rejalashtirilmoqda.