Saudiya Arabistonida 63 yoshli erkak 43 yilda 53 marta uylandi

U tinchlik va oilaviy hotirjamlikka erishish uchun 53 marta uylangan

Foto: Gulf Daily News<br>

Foto: Gulf Daily News

Saudiya Arabistonida 63 yoshli erkak hayotda tinchlik va hotirjamlikka erishish uchun 43 yil ichida 53 marta uylandi.

Saudiya Arabistonining telekompaniyalaridan biriga bergan intervyusida u birinchi marta yigirma yoshligida uylanganini aytib o'tgan. Uning ta'kidlashicha, birinchi rafiqasi undan olti yoshga katta bo'lgan.

"Men birinchi marta turmush qurganimda, yana bir necha marta uylanishimni hatto o'ylab ham ko'rmaganman. Chunki men birinchi rafiqam bilan o'zimni hotirjam his qilardim. Keyin biz farznadli bo'ldik. Ammo bir necha yil o'tgach oramizda bir qancha muammolar yuzaga kela boshladi. Keyin men 23 yoshimda rafiqamga yana uylanish niyatim bor ekanligini bildirdim", — deydi u.

Shunday qilib u oilada yuz bergan ko'plab muammolardan qochish va hotirjam yashash maqsadida 53 marta uylangan.

Uning ta'kidlashicha, u barcha ayollariga adolatli munosabatda bo'lgan. Shuningdek, u nafaqat arab ayollari, balki chet ellik ayollarga ham uylanganini ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, uning eng qisqa muddatlik nikohi atigi bir necha kun davom etgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, Saudiyalik erkak "asrning ko'p xotinli odami" laqabini olgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling