Foto: Xabar.uz
Rossiyaning ko'chalaridan birida 23 yoshli o'zbekistonlik yigitning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shifokorlar yigit jasadini Smolenka daryosi qirg'og'idagi tibbiy amaliyot xonasiga olib kirishgan.
Shundan so'ng, uning o'lim sababini aniqlash uchun jasad o'likxonaga yuborilgan, biroq hech qanday jarohat asoratlari aniqlanmagan.
Ma'lum bo'lishicha, yigit boshiga tushgan og'ir zarbadan vafot etgan.
Holat yuzasidan qasddan badanga og'ir shikast yetkazish oqibatida odamni o'lim holatiga olib kelish bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ushbu jinoyat yuzasidan xavfsizlik xodimlari 46 yoshli O'zbekiston fuqarosini qo'lga olishgan.
Aniqlik kiritilishicha, ayblanuvchi joriy yilning 9-avgust kuni yotoqxonada o'zaro janjal oqibatida tanishining boshiga tepgan. Hozirda u protsessual tarzda qamoqqa olinib, vaqtinchalik izolyatorga joylashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling