"Manchester Yunayted" egalari klubni astronomik summaga sotishga tayyor

Ishbilarmonlar Angliya klubi uchun 10 milliard dollardan koʻproq pul talab qilishmoqda

Foto: Daily Star

Foto: Daily Star

“Manchester Yunayted” xoʻjayinlari Joel va Avram Gleyzer  jamoani sotishga shay. Bu haqida "Daily Star" nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, amerikalik ishbilarmonlar Angliya klubi uchun 10 milliard dollardan koʻproq pul talab qilishmoqda. Agar bunday taklif tushmasa, Gleyzerlar klubga egalik qilishda davom etishadi.

Gleyzerlar 2005-yildan beri “Manchester Yunayted”ga egalik qiladi. Bu davr mobaynida klub 5 marta Angliya chempionligiga erishdi, bir marta Angliya Kubogini qoʻlga kiritdi, toʻrt marta Liga Kubogini oldi, olti marta Angliya Superkubogini yutdi, shuningdek, bir marta Yevropa Ligasida zafar quchdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling