Qirg'iziston prezidenti O'zbekiston bilan Kampir Obod suv ombori bo'yicha kelishuv haqida gapirdi

Prezidentning maʼlum qilishicha, Kampir Oboddagi 4127 gektar yer Oʻzbekiston bilan 1965-yilda almashilgan

Foto: Kloop Telegram kanali<br>

Foto: Kloop Telegram kanali

17-noyabr kuni Qirgʻiziston parlamentida deputatlar Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasining alohida uchastkalari va “Kampirobod” suv omborini birgalikda boshqarish boʻyicha kelishuvni koʻrib chiqmoqda. Mazkur uchrashuv doirasida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov chiqish qildi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezident deputatlarni Oʻzbekiston bilan davlat chegarasi haqidagi kelishuvni qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan. Shuningdek, u parlamentning Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi yigʻilishida besh nafar deputat qoʻmita qarori uchun ovoz bermay, yigʻilishni tark etganiga munosabat bildirdi.

"Populist boʻlish, yigʻilishni tark etib, kvorumni buzishga urinishning hojati yoʻq... Davlat taqdiri hal qilinayotganda bunday qilmaslik kerak. Hukumatga muxolifatda boʻlish mumkin, lekin davlatga muxolifat boʻlish shart emas. Xalq sizni mamlakat taqdirini hal etishingizga ishongani uchun tanladi”, — deydi Sadir Japarov.

Shuningdek, prezidentning maʼlum qilishicha, Kampir Oboddagi 4127 gektar yer Oʻzbekiston bilan 1965-yilda almashilgan.

“Ayrim fuqarolar Kapmir-Oboddagi suv qurib qolsa, uning ostidagi yer Oʻzganda qolsin demoqda. Birinchidan, suv qurimaydi, u asrlar davomida oqadi. Ikkinchidan, suv ombori qurib qolgan taqdirda ham bu vaqtda biz teng tomonlama almashinuvni amalga oshira olamiz, ular bundan faqat xursand boʻladi.

Uchinchidan, baʼzi fuqarolar ushbu bitimga Oʻzbekistonga boshqa yer berish kerakligi, suv oldidagi yerni tortib olish haqida baqir-chaqir qilyapti. Oʻzbeklarning kallasi yaxshi ishlaydi, shu sababli ular 30-40 yil oldinga ilgarilab ketgan. Biz esa faqat baqirish bilan shugʻullanyapmiz”, — deydi u.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling