Foto: Repost.uz
Oʻzbekistonda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul tushlik bilan taʼminlash uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi sessiyasida moliya vaziri Timur Ishmetov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, vazir muhokamalar davomida deputatlarni “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi bilan tanishtirgan.
Shuningdek, sessiyada budjet taqchilligi 3 foizdan 4 foizga oshirilishi maʼlum qilinib, ayrim birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimidagi tegishli vazirlik va tashkilotlar roʻyxati va mablagʻ hajmini ham ochiqlangan.
Maʼlum qilinishicha, Xalq taʼlimi vazirligining yil boshida tasdiqlangan xarajatlariga qoʻshimcha 922 mlrd soʻm ajratilmoqda.
Ajratilgan mablagʻlardan 106 mlrd soʻm miqdoridagi pullar Qoraqalpogʻiston va Xorazmda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqatlantirish uchun yoʻnaltirilishi koʻzda tutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling