Senat O'zbekistonning 2023-yilgi davlat budjetini tasdiqladi

Iqtisodiyotga yo'naltirilishi rejalashtirilgan xarajatlar 36,7 trln so'mni tashkil etadi

Foto: Oliy Majlis

Foto: Oliy Majlis

Oliy Majlis Senati O‘zbekistonning 2023-yilgi davlat budjetini tasdiqladi, deb xabar qildi  parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

Davlat budjeti parametrlari 2023-yilda iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 2022-yil dekabriga nisbatan 5,3 foizni, iste’mol narxlari indeksi esa 9,5 foizni tashkil etishidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Kelgusi yilda jamlanma byudjet daromadlari 310,7 trln so‘mni, xarajatlari esa 343,2 trln so‘mni tashkil etadi.

2023-yilga mo‘ljallangan qonunda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha hukumat nomidan va O‘zbekiston kafolati ostida imzolanadigan yangi bitimlarning maksimal hajmi 4,5 mlrd dollar qilib belgilandi.

2023-yilda Davlat budjeti xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni hisobga olgan holda) yalpi ichki mahsulotga nisbatan 257,7 trln so‘mni, 24,1 foizni tashkil etadi.

Belgilanganidek, taʼlimga 58,4 trln soʻm, sogʻliqni saqlashga 28,4 trln soʻm, madaniyatga 2,5 trln soʻm, sportga 2,3 trillion soʻm, 2023-yilda ilm-fanni yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga 1,8 trln soʻm yoʻnaltirish rejalashtirilgan. trillion so‘mni tashkil etadi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirishga 18,1 trln so‘m yo‘naltirilmoqda.

Shuningdek, yuqori daromadga ega bo‘lmagan, turmush sharoitini yaxshilashga muhtoj 52 ming nafardan ortiq fuqaroga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki to‘lov va foizlarning bir qismini qoplash uchun 1,1 trln so‘m miqdorida subsidiyalar to‘lash ko‘zda tutilgan.

Iqtisodiyotga yo'naltirilishi rejalashtirilgan xarajatlar 36,7 trln so'mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,4 foizni, jami xarajatlarning 14 foizini tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar tomchilatib sug‘orish, geologiya-qidiruv va aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling