Samarqandda maktab direktori o'quvchini urishi oqibatida uning quloq pardasi teshilganligi aytildi — video

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

Videodan lavha

Videodan lavha

Samarqandda maktab direktori o‘quvchini urishi sabab uning quloq pardasi teshildi. Bu haqda "Bu kun" loyihasida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘quvchilar o‘tirgan sinfxonada bolalar tomonidan paqildoq portlatilgan. Shundan so‘ng, maktab direktori kelib o‘quvchilardan birining qulog‘iga shapaloq tushirgan.

Jarohatlangan o‘quvchi shifoxonaga olib borilgan. Shifokorning aytishicha, bolaning quloq pardasi teshilgan.

Aytilishicha, maktab direktori o'quvchini urgani aks etgan videoyozuvlarni qasddan yo'q qilgan.

Maktab bolalarining aytishicha, paqildoq maktab oshxonasidan sotib olingan.

"Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi viloyat IIB xabarida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling