Andijondagi "Jahon savdo kompleksi"da yong'in sodir bo'ldi — video

Yong'in oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo'lganlar qayd etilmagan

Videodan lavha

Videodan lavha

Andijon shahar Jaxon savdo kompleksida yirik yong'in yuz berdi. Bu haqda FVV xabar berdi. 

Malum bo'lishicha, 2022-yil 19-oktyabr kuni  Andijon shahar, Yorboshi MFY, Naiman ko‘chasida joylashgan “Jaxon savdo kompleksi” AJga qarashli do‘konlarda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar