Farg'onada o'z xonadonida katta miqdordagi pirotexnika vositalarini noqonuniy saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

U jami oʻn turdagi umumiy qiymati 80 mln 300 ming soʻm boʻlgan noqonuniy pirotexnika vositalari saqlab kelgan

Foto: Farg'ona IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Farg'ona IIB matbuot xizmati

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida oʻz yashash xonadonida katta miqdordagi pirotexnika vositalari saqlab kelayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Fargʻona viloyati Margʻilon shahar IIB boʻlimi hamda DXX boʻlimi xodimlari bilan tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilgan. Olib borilgan tekshiruvlar davomida fuqaroning uyida noqoqnuniy ravishda olib kelingan pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, tadbir davomida jami oʻn turdagi umumiy qiymati 80 mln 300 ming soʻm boʻlgan noqonuniy pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mahalladagi bolalar olib kelishgan edi, sotmoqchi boʻlib uyga tushurib qoldim. Bunaqa jiddiy boʻlib ketishini bilmagandim, kechirishlarini soʻrayman. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — deydi ayblanuvchi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar Ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling