Foto: Tahiamasr
Saudiya Arabistoni diplomati Muhammad al-Qahtaniy Misr poytaxti Qohirada bo‘lib o‘tgan Arab-Afrika konferensiyasida nutq so‘zlayotgan paytda vafot etdi, deya xabar berdi mahalliy Tahiamasr nashri.
Qayd etilishicha, al-Qahtaniy kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash muhokamasida ishtirok etgan. Hushini yo'qotish oldidan diplomat Saudiya Arabistoni va Misrning o'zaro munosabati haqida gapirgan.
Al-Qahtaniy qalbaki mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga ishora qilib, "Robbini sog‘lom qalb bilan uchratganlardan boshqa hech kim uchun mavqe va qadriyat yo‘q", deya ta'kidlagan.
Shundan so'ng, al-Qahtoniy hushini yo'qotgan va o'zi gapirayotgan minbar yoniga yiqilgan. Shifokorlar darxol tez tibbiy yordam ko'rsatishga kirishgan, biroq diplomatni hayotini saqlab qolishni imkoni bo'lmagan.
Al-Qahtaniyning o‘limi sabablari hozircha noma’lum.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling