Foto: Gulf Today
Birlashgan Arab Amirligida yashovchi 30 yoshli osiyolik qiz o'z joniga qasd qilishga uringani sababli Dubay sudi tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda "Gulf Today" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021-yil iyul oyida huquq-tartibot idoralariga ariza kelib tushgan. Arizachining so'zlariga ko'ra, uning kvartirasida birga yashaydigan osiyolik dugonasi o'z joniga qasd qilishga uringan.
Aniqlik kiritilishicha, qizning bunday harakatiga yigiti bilan janjallashib qolgani va sevgilisi uni aldayotgani sabab bo'lgan.
Shikoyatchining aytishicha, qiz yigiti bilan suhbatdan so'ng, asabiylashib qo'lidagi temir bolg'a bilan o'zining boshiga urgan. Shundan so'ng qiz o'zini balkondan tashlashga uringan, biroq, qizning dugonasi uni ushlab qolishga muvaffaq bo'lgan.
Holat yuzasidan kichik jinoyatlar bo‘yicha Dubay sudi qizni aybdor deb topgan va uni 1000 dirham (272 dollar) jarima to‘lashga majbur qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling